Volkswagen’ning eng kichik modeli turbomotor bilan jihozlandi

Fan-texnika 15:15 / 25.02.2016 3040

Volkswagen kompaniyasi yangilangan up! xetchbekini namoyish qildi. Mashinaning ilk taqdimoti Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Nemis markasi modellar qatoridagi eng kichik model yangi turbomotor bilan taklif qilinadi.

Kompakt-kar 3 silindrli, 1 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlandi. Bu motor 2015 yilda Golf modelining tejamkor modifikatsiyasiga ilk bor o‘rnatilgan. Up! xetchbekida motor 90 ot kuchigacha va 160 Nm aylantirish lahzasiga erisha oladi.

Motor xetchbekka 100 km/soat tezlikka 9 soniyada erishishga imkon beradi. Bunda mashinaning maksimal tezligi soatiga 185 km ni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun 75 ot kuchiga ega motorli up! 100 km/soat tezlikka 13,2 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa soatiga 170 km ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, yangilangan kompakt-kar 60 va 75 ot kuchiga ega 3 silindrli ikkita turbomotor hamda shu motorning 68 ot kuchiga ega, tabiiy gazda ishlovchi modifikatsiyasi bilan taklif qilinadi. Bundan tashqari, modelning 82 ot kuchiga ega elektromotorli versiyasi ham taklif qilinadi.

Xetchbek o‘zgacha bamperlar, modernizatsiyalangan, kunduzgi yurish chiroqlariga ega asosiy yorug‘lik faralari va qayrilishni ko‘rsatuvchi faralari bor tashqi oynalar oldi.

Up! uchun 3,1 dyuymli monoxrom displeyli va 5 dyuymli rangli displeyli ikkita multimedia tizimi taklif qilinadi. 5 dyuymli displeyli multimedia tizimi smartfonlar bilan integratsiya qilinish imkoniyatiga ega, ekranga esa orqa ko‘rinish kamerasidan olingan tasvir chiqarilishi mumkin.

Yangilangan up! 2016 yilda sotuvga chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: