Vatikan elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston 18:28 / 25.02.2016 3410

24 fevral kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada raisi Vatikan davlatining O‘zbekistondagi elchisi I.Yurkovichni qabul qildi.

"Vatikanning O‘zbekistondagi elchisi Ivan Yurkovichning diplomatik faoliyati yakunlandi", deb xabar qiladi qo‘mita axborot xizmati.

Uchrashuv davomida I.Yurkovich O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglikning va millatlararo totuvlik barqarorligini, ushbu sohada olib borilayotgan davlat siyosatini yana bir bor yuqori baholab, jahon hamjamiyatiga namuna bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.

Qo‘mita raisi O.Yusupov ham elchiga O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik barqarorligi umumiy ishiga Katolik cherkovi tomonidan hissa qo‘shib kelgani, diniy sohaga oid turli tadbirlarda faol qatnashib kelgani uchun minnatdorchilik bildirib, kelajak faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: