2016 yilning 5 aprelidan boshlab Toshkentdan Rigaga aviaparvozlar haftasiga 3 marta amalga oshirilishi joriy qilinadi.
«O‘zbekiston havo yullari» MAK Toshkent-Riga bo‘ylab haftasiga uch marta muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qiladi», deyiladi kompaniya sayti xabarida.
Toshkent-Riga-Toshkent reyslari haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi aytilgan. Bungacha reyslar haftasiga 1 marta amalga oshirib kelinayotgandi.
Aviareyslar jadvali kompaniya saytida e'lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 30 oktabridan Toshkent-Riga yo‘nalishi bo‘ylab muntazam parvozlar boshlangandi.