TIMIda hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

Jamiyat 10:35 / 25.02.2016 3553

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu hisobot-saylov yig‘ilishida institut talaba-yoshlaridan saylangan 124 nafar delegat ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirga tuman “Kamolot” YoIH Kengashi raisi Mels Toshev, institut prorerektori Tohir Sultonov, institut ma'naviy-ma'rifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Ikrom Rahimov, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Farruh Irisov ishtirok etdi.

Hisobot-saylovning kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Uchqun Alimov institut “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining o‘tgan 2015 o‘quv yilda amalga oshirilgan ishlar hamda yoshlarning tashabbuskorligi va intiluvchanligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan boshlang‘ich tashkilotning 2016 yil uchun yangi Kengash tarkibiga takliflar berilib, delegatlarning ovoz berish yo‘li bilan tarkib aniqlab olindi. Delegatlar Kengash a'zolari tarkibidan Uchqun Alimovni yana bir yil muddatga “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilot yetakchisi sifatida saylashdi.

Shundan so‘ng, 2016 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi muhokama qilindi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi so‘ngida 2015 yilda harakat faoliyatida faollik ko‘rsatgan yoshlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: