Tayvandagi Sharp korporatsiyasi Hon Hai’ga qo‘shiladi

Iqtisodiyot 12:34 / 25.02.2016 1607

Sharp Corp. yirik Hon Hai Precision Industry korporatsiyasining hozir iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan ushbu elektrotexnika ishlab chiqaruvchi yapon korporatsiyasini sotib olish taklifini qabul qildi.

Avvaliga Sharp Yaponiya hukumati va xususiy biznes bilan birgalikda ta'sis etilgan sanoatni yangilash Jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borayotgan edi. Jamg‘arma Sharpni o‘z nazorati ostiga olib 300 milliard iyen (2,5 milliard dollar) ajratishni taklif qilgan edi.

Biroq Hon Hai Precision Industry ikki barobar ko‘proq narx – 600 milliard iyen (5 milliard dollar)ga Sharp ni to‘liq sotib olish istagini bildirdi. Yana u, kompaniyaning kuchsiz bo‘limini boshqa korxona tarkibiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan Jamg‘armadan farqli ravishda, kompaniyaning hozirgi holatini, uning hamma ishchilari bilan birgalikda, saqlab qolish kafolatini ham beradi.

Hon Hai Precision Industry – dunyodagi eng yirik elektron moslamalar yetkazib beruvchilardan. Foxconn brendi ostida, xususan Amerika korporatsiya Apple bilan shartnoma bo‘yicha, Xitoy xalq Respublikasida iPhone smartfonlarini yig‘adi.

To‘liq yoki qisman boshqa korporatsiyaga qo‘shilish orqali Sharp kompaniyasi o‘zining texnologik darajasini ko‘tarish va biznesning yangi sohalari, jumladan maishiy elektronika sohasida yangiliklar qilishga umid qilyapti.

Sharp o‘tgan yilni 222,35 milliard iyen (taxminan 1,87 milliard dollar) miqdoridagi sof ziyon bilan yakunladi.

Ko‘proq yangiliklar: