Saraton xastaligiga chalingan 90 yoshli ayol davolanish o‘rniga sayohatga jo‘nadi

Jamiyat 09:37 / 25.02.2016 4144

90 yoshli ayol 60 yil birga yashagan turmush o‘rtog‘idan ayrilganidan so‘ng, shifokorlar unga mudhish tashxis qo‘yishdi. U bachadon saratoniga chalingan edi. Lekin shunga qaramay, Norma davolanishdan voz kechib, AQSh bo‘ylab sayohatga otlandi.

Shifokorlar unga zudlik bilan davomli kimyoterapiyalar orqali operatsiya qilish zvrurligini aytishdi. Ammo Norma ularga javoban shunday dedi: “Men 90 yoshdaman. Ketaman”. U xuddi shunday yo‘l tutdi va barchani hayratda qoldirdi.

Normaning farzandlari avtofurgonda yashashadi va ular ayolning qarorini 100 foiz qo‘llab-quvvatlashdi.

So‘nggi olti oy davomida Norma mamlakatlar bo‘ylab o‘z oilasi bilan hech qanday og‘riq va ko‘ngilsizliklarsiz sayohat qilgan edi. Bundan ko‘rinadiki, saraton remissiya holatida yo‘qoladi.

Uning shifokoridan ayol tutayotgan yo‘l mas'uliyatsizlik ekanini aytishganida, u shunday javob berdi: “U shunday samarali davolanish uslubini tanladi. Unga oq yo‘l tilayman”.

Jussasi kichik bu qariya yangi sarguzashtlar, taassurotlar va quvonchli onlar uchun AQShga jo‘nab ketdi.

Eng unitilmas hodisalardan biri bu uning havo sharida Florida ustidan uchib o‘tgani bo‘ldi. Normani savtga o‘tkazishayotganida o‘zini kulishdan tiya olmadi.

Norma xonim ko‘plab istirohat bog‘larini sayr qildi. U o‘zi uchun Yangi Orleanni kashf etdi, hindular bilan birga marosimda qatnashdi. Shuning barobarida, u sira ham umri tugab borayotgan insonga o‘xshamas edi.

Normaning qimmatbaho maslahati: “Nima bo‘lishiga qaramay, yashashda davom eting. Bu mushkul ish emas”.

Ko‘proq yangiliklar: