Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rober Pires o‘z futbolchilik faoliyatini butunlay yakunlash haqida qaror qabul qildi.
Ayni vaqtda 42 yoshga chiqqan xavbek 2011 yilda ham katta futbolni tark etgani haqida ma'lum qilgandi. Ammo u 2014 yilda Hindiston chempionatidagi "Goa" jamoasida o‘ynash uchun futbolga qaytgandi.
"Endi "stop" so‘zini aytish va yo‘lni yoshlar uchun butunlay bo‘shatib qo‘yish vaqti yetdi", deya Piresning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Pires o‘z vaqtida "Mets", "Marsel", "Arsenal", "Vilyarreal" va "Aston Villa" jamoalarida to‘p surgan. U Fransiya terma jamoasi bilan 1998 yilgi jahon chempionatida va 2000 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgandi.