Qozog‘istonda birinchi McDonald's restoranlari ochiladi

Jahon 22:00 / 25.02.2016 3747

Yaqin 2-3 yilda Qozog‘istonning bir qator shaharlarida taxminan 15 ta McDonald's restorani ochiladi, deb ma'lum qildi McDonald's’ning Qozog‘istonda franchayzing huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor Qayrat Bo‘ronboyev.

Bo‘ronboyevning aytishicha, McDonald's’ning 200 kishiga mo‘ljallangan Qozog‘istondagi birinchi restorani Ostonada 8 martda ochiladi. Bu restoranda 200 dan ko‘proq ish o‘rni yaratiladi. Ushbu restoranga investitsiyalar hajmi 3,5 mln dollarni tashkil qilmoqda. "Xarajatni qoplash borasida gapiradigan bo‘lsak, bizda barcha loyihalar xarajatni qoplash muddatiga ega, barcha restoranlar xarajatlarni qoplay oladi, hammasi biz yana nechta restoran qurishimizga bog‘liq" deb aytdi Bo‘ronboyev.

Joriy yilning birinchi yarmida Olmaotada ikkinchi restoranni ochish rejalashtirilmoqda.

"Restoranlar uchun asosiy mahsulotlarni Rossiya korxonalari yetkazib beradi. Rossiyada deyarli barcha zaruriy mahsulotlar ishlab chiqariladi, ba'zi mahsulotlar Yevropadan olinadi. Restoranlar rivojlanishiga qarab keyinchalik masalliqlarni o‘zimida ishlab chiqarishimiz mumkin", deb aytdi Bo‘ronboyev.

Bo‘ronboyev, shuningdek, Belarusda ham McDonald's franchayzingiga ega.

Dunyoda eng yirik restoranlar tarmog‘i McDonald's 100 dan ortiq davlatdagi 35 mingdan qo‘proq restoranni birlashtiradi va har kuni 70 mln dan ko‘proq mijozga xizmat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: