Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Kiyevning «Dinamo» jamoasiga qarshi uchrashuv (3:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Judayam xursandman. Chunki bu ajoyib natija. Qarama-qarshilikda g‘olib masalasi hozircha hal bo‘lganicha yo‘q, biroq mehmondagi uchrashuvda ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish – bu ajoyib.
Hisob 2:1 bo‘lib turganida biroz ikkilanish pallasi kuzatilayotgandi, biroq keyin biz uchinchi golni kiritdik.
Futbolda hali hammasi tugamaganini esdan chiqarmaslik muhim, biroq uchinchi gol bizga javob uchrashuvi oldidan katta ishonch taqdim etdi», – deya Pellegrinidan iqtibos keltiradi UYeFA rasmiy sayti.