Telegram bosh direktori Pavel Durov ikki yil ichida messenjerdan foyda olishni boshlash rejasini ma'lum qildi. Durov bu haqda Fortune jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Durov Telegram uchun turli moliyaviy modellar qo‘llanishi, jumladan tushumdan ulush olish taklif qilinadigan biznes uchun xizmatlarning ishga tushirilishini ta'kidlab o‘tdi.
Pavel Durov messenjerni moliyalashtirish uchun har oyda o‘z mablag‘laridan 1 mln dollar sarflayotgani, biroq bu faqatgina "yaqin vaqtgacha davom etishi mumkinligini" aytdi.
23 fevralda Telegram matbuot xizmati messenjerning auditoriyasi 100 mln dan ko‘proqni tashkil qilayotgani, har kunlik xabarlar trafigi 15 mlrd dan oshganini ma'lum qildi. Messenjerda har kuni 350 mingdan ko‘proq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi.
2014 yilda Rossiyadan ketgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov 2013 yil avgustida Telegram’ni ishga tushirgan. Durov 2015 yil may oyida messenjer auditoriyasi 2014 yil dekabridagi 40 mln dan 62 mln gacha oshganini, har kuni yuboriladigan xabarlar soni kuniga 2 mlrd gacha yetganini, har kuni ro‘yxatdan o‘tadigan foydalanuvchilar soni esa 145 mingdan 220 minggacha oshganini ma'lum qilgandi.