OAV AQSh va Xitoyning Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritish haqidagi kelishuvidan xabar topdi

Jahon 09:05 / 25.02.2016 3574

AQSh va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish rezolyutsiyasi loyihasi bo‘yicha kelishib oldilar. Bu haqda AQSh Davlat departamentidagi manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, rezolyutsiya loyihasi yaqin orada BMT Xavfsizlik kengashida ovoz berishga qo‘yilishi mumkin.

Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalar uning 2016 yil yanvarda vodorod bombasini sinagani va fevralda uzoq masofali ta'sir doirasiga ega raketani uchirganiga qarshi javob bo‘lishi kerak.

6 yanvarda Pxenyan vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qilgandi. Pxenyanning ta'kidlashicha, bunday bomba Shimoliy Koreyaning AQSh yadroviy xavfidan himoyalanishi uchun zarur.

Ko‘proq yangiliklar: