Xalqaro reyting agentligi Moody’s Investors Service 12 fevral 2016 yili «Aloqabank» AJ ning xalqaro reytingini tasdiqladi.
Ushbu baholarga binoan, milliy valyutada depozit vositalar reytingi – «V1», chet el valyutada depozitlar qiymati reytingi – «V2», hamma reytinglar bo‘yicha esa “Barqaror” baho bilan belgilandi.
Reyting agentligi tadqiqotchilari bank reytingini aniqlashda kapitallashtirishning asosi, barqaror iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kapitalning yetarliligi kabi omillar tayandilar.
Shuningdek, 17 fevral kuni Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi “Asaka” aksionerlik tijorat bankining reytingi “Barqaror” deb ma'lum qildi.
Bankning umumiy aktivlari 2016 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 7 404,6 milliard so‘m, umumiy kapitali - 915,7 milliard so‘m, kredit qo‘yilmalari va lizing hajmi – 3 422,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Kredit portfelidagi uzoq muddatli kreditlar 3 047,5 milliard so‘m, jumladan investitsion kreditlar – 2 612,0 milliard so‘mni tashkil etadi.