Amerikalik marhum qo‘shiqchi Maykl Jyekson tomonidan 1999 yilda rekord darajadagi 1,54 mln dollar evaziga Sotheby's auksioni chog‘ida sotib olingan "Oskar" haykalchasi bedarak ketdi. Bu haykalcha 1939 yilda prodyuser Devid Selznikka "Esib o‘tgan shamol" (Gone With the Wind) filmi uchun berilgandi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar yozgan.
Jyekson 2009 yilda, 50 yoshida vafot etgandi. Uning o‘limidan so‘ng mol-mulkini hatlash chog‘ida bu haykalcha topilmagandi.
Taxminlarga ko‘ra, Jyekson haykalchani Kaliforniyadagi Neverlend nomli villasida yoki Los-Anjyelesdagi uyida saqlagan. Lekin ikki joydan ham u topilmagan.
"Biz "Oskar"ni uning farzandlariga topshirish uchun qidirdik. Balki, qachondir u topilib qolar", deydi qo‘shiqchining vakili Govard Vaytsman.