Shu kunlarda Mars kompaniyasi mahsulotlaridan topilgan begona jism (plastik bo‘lak) bilan bog‘liq xabar butun dunyo bo‘ylab yashin tezligida tarqadi.
Mazkur voqea sababli Mars kompaniyasi konditerlik mahsulotlaridan ma'lum bir miqdorining xorijga chiqishini to‘xtatib qo‘ygan. Kompaniya bu haqida bergan rasmiy axborotida bir necha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xavfli shokoladlar jo‘natilmaganini ma'lum qildi.
"Garchi bunday kamchilik bilan bog‘liq faqat bir holat qayd etilgan bo‘lsada, Niderlandiyadagi zavodda chiqarilgan mahsulotlar ortga qaytariladi. Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga bu zavod mahsulotlari yetkazib berilmagan", deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, xabarda Ukrainaga yuborilgan Snickers batonchiklarining ayrim partiyalari qaytarib olinishi haqida ham yozilgan.
Kompaniya mahsulotidan plastik bo‘lagi topilgach, Mars, Snickers, Milky Way va Celebrations kabi shirinliklar muhokamalar mavzusiga aylandi. Murojaatlarning haddan ortiq darajada ko‘payishi tufayli kompaniyaning rasmiy sayti ma'lum muddat ishlamay qolgan. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar maxsus rasmiy chiqish orqali xaridorlardan uzr so‘radi.
Latviyada sotuvdan Mars va Snickers shokoladlari qaytarilib olinmoqda
Mars shokoladlar ichidan chiqqan plastik tufayli 55 mamlakatdan mahsulotlarini qaytarib olmoqda
Germaniya Mars va Snickers’ni plastik topilganligi tufayli ortga qaytarmoqda