Malaysia Airlines halokatga uchragan Boeing yo‘lovchilarining yaqinlariga tovon to‘lashga va'da qildi

Jahon 12:28 / 25.02.2016 1862

Malaysia Airlines kompaniyasi 2014 yil mart oyida MH 370 reysi fojyeasida yo‘qolgan yo‘lovchilarning qarindoshlariga kompaniyada sodir bo‘layotgan qayta shakllanishga qaramasdan barcha tovon pullarini to‘lash mas'uliyatini o‘z zimmasiga oladi, ma'lum qildi kompaniya vakili Muhammad Faiz Azmiy.

Monreal konvensiyasiga binoan, 8 martda o‘z nihoyasiga yetadigan, fojyeadan keyin ikki yil davomida jabr ko‘rgan yo‘lovchilarning yaqinlari va qarindoshlarini tergov ishlaridan doimiy ogohlantirib turdi, xabar beradi TASS.

Malayziya Boeing samolyoti Kuala-Lumpur-Pekin yo‘nalishi bo‘yicha reysini amalga oshirayotgandi, ikki soatdan so‘ng layner bilan aloqa uzilgan. Bortda 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan. Malayziya hukumati samolyot halokatga uchragani va uning bortidagi barcha halok bo‘lganini rasman tan oldi.

Hozirgi paytda qidiruvlar tahminan 120 kenglikda Avstraliya qirg‘oqlaridan g‘arbda joylashgan maydonda olib borilyapti. 80 ming kv.kl. o‘rganib chiqildi. O‘shandan buyon olib borilgan qidiruv ishlari davomida Hind okeani Reyunon fransuz orolida samolyot qanotining bir bo‘lakchasigina topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: