Mashable nashri dunyoning "eng chiroyli keksayayotgan" mashhurlari ro‘yxatini tuzdi. Nashrning qayd etishicha, bu yulduzlar keksaygan sari xuddi uzoq saqlangan vinoning yaxshilanishi kabi yanada ko‘rkamlashib bormoqda.
Xususan, reytingda 40-yoshli Anjyelina Joli va 54-yoshli Jorj Kluni, shuningdek 46-yoshli Jyennifer Lopes, 73-yoshli Xarrison Ford va 40-yoshli Sharliz Teron joy olgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatda 70-yoshli Helen Mirren, 43-yoshli Idris Elba, 49-yoshli Holli Berri va 44-yoshli Jada Pinkett Smit nomlari bor.
Reyting mualliflari Salma Xayyek (49 yosh), Sofiya Vergara (43 yosh) va Jon Xemm (44 yosh) kabi mashhurlarga e'tibor qaratishmagan.
43-yoshli Dueyn Jonson, 53-yoshli Stiv Karell, 47-yoshli Xyu Jyekman, 50-yoshli Joan Rouling, 52-yoshli Mishel Obama, 81-yoshli Meggi Smit va 78-yoshli Jyeyn Fond kabi mashhurlar ham ro‘yxatdan o‘rin olishgan.