Jizzax sement zavodi O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik shodiyonasi arafasida ishlab chiqarish quvvatini 1 million tonnagacha kengaytirish loyihasini yakunlaydi.
35,8 million dollar qiymatidagi ushbu loyihaning 62 foizi tugallangan. Zarur uskunalarning yarmidan ko‘pi olib kelingan va yiliga 260 ming tonna sifati yaxshilangan sement ishlab chiqarish imkonini beruvchi boshqa shartlar bajarildi hamda zarur sharoitlar yaratildi.
“2016 yili 97 foiz oq sement va 14 foiz portlandsement eksport qilmoqchimiz”, -deydi sement zavodi direktori Oybek Zufarov.