Turkiyaning Istanbul shahri politsiyasi shaharda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda va jamoat transportlariday birida terakt sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda Cumhuriyet xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, hukumat shahardagi metro bekatlaridan birida yoki boshqa jamoat transport vositasida yashiringani taxmin qilingan terrorchi-hudkushni qidirmoqda.
Bu bo‘yicha ogohlantirish 25 fevral kuni shahardagi transport obektlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqarada harbiylar yotoqxonasi oldida avtomobil portlatilishi oqibatida 29 kishi halok bo‘lib, 60dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olishgandi.