Islom Karimov yangi tashkil etilgan Mehnat vazirligi strukturasini tasdiqladi

O‘zbekiston 00:44 / 25.02.2016 15377

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 22 fevraldagi farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga o‘zgartirildi. 24 fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qarori bilan yangi vazirlikning strukturasi tasdiqlandi.

Vazirlikning markaziy apparati strukturasidan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi olib tashlandi (vazirda bitta o‘rinbosar bo‘ladi), O‘zbekiston Mehnat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Mehnat vazirligi, mehnat bo‘yicha Toshkent shahri va viloyatlar bosh boshqarmalari hamda tuman bandlik markazlari xodimlari soni optimallashtirildi.

Yangi vazirlik strukturasidagi muhim o‘zgarishlardan biri Mehnat vazirligi markaziy apparati strukturasida Mehnat va xalqaro aloqalar xalqaro tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha sektor va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish sektorining yaratilishi hamda alohida boshqarmalarning funksiyalari kengaytirilishi bo‘ldi. Barcha o‘zgarishlar mehnat va aholini bandlik bilan ta'minlash organlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Qarorga ko‘ra, ikki oy ichida vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar boshqaruv personali attestatsiyasi o‘tkaziladi va uning natijalariga ko‘ra, vazirlik "yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beruvchi rahbar xodimlar va mutaxassislar" bilan butlanishi kerak.

Avvalgi vazirlikning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy-ijtimoiy yordam bo‘yicha vazifalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga, ijtimoiy nafaqalarni belgilash va to‘lash hamda ehtiyojmandlarga moddiy yordam to‘lashni monitoring qilish bo‘yicha vazifalari Moliya vazirligiga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: