FIFA apellyatsiya qo‘mitasi Yozef Blatter va Mishel Platinining diskvalifikatsiya muddatini qisqartirish bo‘yicha qaror chiqardi.
FIFA rasmiy saytida yozilishicha, Blatter va Platinining diskvalifikatsiyasi muddati 8 yildan 6 yilgacha kamaytirilgan.
«Platini va Blatterning UYeFA, FIFA va futbolga qilgan xizmatlari uchun ularga berilgan jazo muddati 8 yildan 6 yilga kamaytirildi», – deb yoziladi FIFA bayonotida.
Bundan tashqari, apellyatsiya qo‘mitasi FIFA axloq qo‘mitasining ushbu amaldorlarni umrbod futbol faoliyatidan chetlashtirish bo‘yicha so‘rovini rad etgan.