Ferrari jamoasining sobiq rahbari Lamborghini kompaniyasini boshqaradi

Sport 11:57 / 25.02.2016 1610

Bundan oldin Formula-1 poygalarida Ferrari jamoasini boshqargan Stefano Domenikali Lamborghini kompaniyasining rahbari etib tayinlandi. 50 yoshli mutaxassis, kompaniyada 14 yil xizmat qilgan Stefana Vinkelmanning o‘rnini egalladi.

Domenikali 2007 yilda Jad Todtani o‘rniga “Ferrari” formula jamoasining sport direktori etib tayinlandi. Uning boshchiligida komanda 2008 yilda Konstruktor Kubogining g‘olibi bo‘lishdi.

Ferrari`da sal kam 7 yil ishlagan italiyalik mutaxassis, 2014 yilning aprel oyida jamoaning omadsiz chiqishlari tufayli ularni tark etdi. Keyin Domenikali Audi firmasining Italiyadagi bo‘limiga rahbar etib tayinlandi.

Stefan Vinkelmanni esa Audi Quattro GmbH`ning direktori etib tayinlashdi. Nemislar Vinkelman Audi`ning bozordagi "issiq avtomobillar"ning pozitsiyasini yaxshilaydi va Mercedes-Benz va BMW savdo natijalariga yaqinlashtiradi deb umid qilishmoqda.

2015 yilda Quattro avtomobillarining savdosi 13 foizga oshgan bo‘lib, 17 ming mashinaga yetgan. Bunga qaramasdan, Mercedes-AMG hamda BMW M mos ravishda 68,8 va 62,4 ming avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: