Dunyoning eng qadimgi jonivori oddiygina dengiz gupkasi ekani ma'lum bo‘ldi.
Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari shunday xulosaaga kelishgan.
Ular o‘tkazgan genetik tahlil toshlarda topilgan 640 million yoshli organik molekulalarni aynan gupkalar berganini tasdiqladi.
Tadqiqotchilar o‘z maqolasini Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etishdi.
Jonzotlarning toshga aylangan ko‘plab qoldiqlari qariyb 540 million yil avval boshlangan kembriya erasiga borib taqaladi.
Geologik standart bo‘yicha bir oddiy hujayraning murakkab ko‘p hujayrali organizmga (“kembriya portlashi” deb ataluvchi) tez o‘tishi olimlarda hanuzgacha savol tug‘dirmoqda.
Amerikalik tadqiqotchilar xolesterin modifikatsiyasidan biri hisoblanmish lipid 24-izopropilxolestan – molekulyar jonzot qoldig‘i bilan ishlashdi. Bu molekulalar kembriya va dokembriya turlarida yuqori miqdorda mavjud.
Shuningdek, 24-izopropilxolestanni 640 million yoshli Ummondan keltirilgan toshda topishdi.
Mazkur lipid ba'zi bir zamonaviy suv o‘tlari va gupkalarni ishlab chiqaradi. Olimlar genlarni 30 xil organizmlar – o‘simlik, qo‘ziqorin, suv o‘tlari va gupkalar bilan solishtirib ko‘rishdi. Kerakli gen (SMT) faqatgina gubka va suv o‘tlarida bir necha ko‘rinishlarda topilgan.
Nihoyat, biologlar gupkalarning qo‘shimcha nusxasi (SMT) cuv o‘tlaridan avvalroq – aynan 640 million yil oldin paydo bo‘lganini aniqlashdi. Shu o‘rinda ma'lum bo‘ladiki, gupkalar Yer sayyorasining eng qadimgi jonzotlari sanaladi.