"Chimyon-Ekstrim" festivali 26-28 fevralda bo‘lib o‘tadi

Sport 22:34 / 25.02.2016 2965

26-28 fevralda qishki sport turlarining "Chimyon-Ekstrim" festivali Toshkent viloyati Bo‘stoqlik tumanidagi Chimyon tog‘larida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda festivaldan chang‘ichi va snoubordchilarning slalom, border-kross va ski-kross formatlaridagi musobaqalari, Big Bear Freestyle ko‘rgazmali chiqishlari va paraplanerchilarning chiqishlari o‘rin olgan.

"Chimyon-Ekstrim" festivali "Chimyon oromgohi" sog‘lomlashtirish markazi va "12 buloq" tog‘-chang‘i sporti havaskorlari klubi negizida bo‘lib o‘tadi.

Festival O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Qishki sport turlari uyushmasi va Qishki va murakkab texnik sport turlari Respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: