Braziliya futbol konfederatsiyasi FIFA prezidentligi uchun saylovlarda shayx Salmon foydasiga ovoz berish maqsadida UYeFA Bosh kotibi Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlash fikridan voz kechishi mumkin.
Oldinroq Janubiy Amerika konfederatsiyasi bir ovozdan Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashini rasmiy ravishda ma'lum qilishgandi.
Biroq, Folha de S.Paulo nashrining bergan xabariga ko‘ra, Brazil futbol ittifoqi so‘nggi qarorini saylov kuni, barcha nomzodlar dasturi bilan tanishgach aytishini bildirgan. Shu boisdan konfederatsiya g‘oliblik uchun asosiy da'vogar shayx Salmon nomzodini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Qayd qilinishicha, braziliyaliklar qo‘llayotgan yo‘ldan boshqa Janubiy Amerika mamlakatlari ham foydalanishi mumkin.
Janubiy Amerika FIFA prezidentligi uchun saylovda Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi