BMTda Liviyadagi ixtilofning barcha tomonlari harbiy jinoyatlarda ayblandi

Jahon 20:37 / 25.02.2016 2397

Liviyadagi ixtilofning barcha tomonlari oxirgi ikki yil davomida harbiy jinoyatlar amalga oshirgan va inson huquqlarini buzgan, deb aytilmoqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi saytida chop etilgan hisobotda.

"Bu hisobotda eng qizig‘i – Liviyada hukmronlik qilayotgan umuman jazolanmaslik va sud ishlarini yuritishda muntazam qoidabuzarliklardir", deb aytdi inson huquqlari tashkiloti oliy komissari Zayd Ra'd al Husayn.

Hisobotda asirlarning qatl etilishi, qotilliklar, qiynoqqa solishlar, odamlarni o‘g‘irlash, tinch aholiga harbiy zarbalar berish hamda bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish kabi jinoyatlar haqida ham aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: