Futbol faoliyatidan chetlatilgan FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter apellyatsiya qo‘mitasining 8 yillik muddatni faqat 2 yilga kamaytirganidan norozi bo‘ldi. Endi u Lozannadagi Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilmoqchiligini aytgan.
24 fevral kuni FIFA apellyatsiya qo‘mitasi tomonidan Blatter va Platinining diskvalifikatsiya muddatlari 8 yildan 6 yilgacha tushirilgani ma'lum bo‘lgandi.
"Men apellyatsiya qo‘mitasi qaroridan qattiq ranjidim. Mening keyingi qadamim Lozannaga yo‘naladi", degan u Telegraph gazetasi uchun bergan intervyusida.