Avstraliya hukumatining rasmiy saytida sayyohlarni ogohlantirish maqsadida tavsiyanoma nashr qilindi. Unda avstraliyaliklar Indoneziyada sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlardan ogoh qilingan.
"Guvohlardan olingan ma'lumotlar asosida jangarilar Indoneziyada bir qator hujumlar sodir etish rejasi haqida ogohlantiramiz", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bundan oldinroq Avstraliya hukumati Malayziyada terakt sodir etilishi ehtimolidan ogohlantirgandi.