Avstraliya harbiy soha uchun xarajatlar miqdorini oshiradi. Keyingi 10 yil davomida bu sohaga 21 mlrd dollar sarflanadi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Mamlakat bosh vaziri Malkolm Ternbullning ma'lum qilishicha, Avstraliya o‘z flotini kuchaytirishni rejalashtirgan. U keyingi 10 yil davomida flot 9ta yangi fregat va 12ta patrul kemasi bilan to‘ldirilishi haqda aytgan.
Avstraliya shuningdek, 2016 yilda 12ta suvosti kemasi xarid qilishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z ta'sirini kengaytirayotgani Avstraliyaning shunday qadam tashlashiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan oldinroq, Avstraliya Mudofaa vaxiri Maris Peyn hukumat AQShdan Yaqin Sharqda terrorchilarga qarshi kurashni kengaytirishini so‘rashi haqida ma'lum qilgandi.