Bostondan Finiksga uchish chog‘ida JetBlue aviakompaniyasi ijtimoiy tajriba o‘tkazdi. Yo‘lovchilarga aviakompaniya uchadigan 21 mamlakatdan istalganiga tekin chipta taklif qilindi. Lekin bir shart bilan: ular qayerga uchish haqida bir qarorga kelishlari lozim.
Uzoq tortishuvlardan so‘ng ikki guruhga bo‘lindilar: Terks va Kaysos orollari yo‘nalishi va Kosta-Rika yo‘nalishi. Ovoz berish yo‘li bilan ikkinchi variant tanlangan va yo‘lovchilar baxtli chiptalarni qo‘lga kiritishdi.