AQSh mudofaa departamenti Polshada, Redzikovo posyolkasi yaqinida raketalarga qarshi mudofaa majmuasi tizimini qurish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda "Radio Polsha" radiosi orqali xabar berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, shartnoma qiymati 182 mln dollarni tashkil qiladi. Redzikovodagi sobiq harbiy aerodrom o‘rnida quriladigan bazaning qurilishi ishlari 2018 yil 9 aprelga tugatilishi mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, OAV posyolkada askarlar paydo bo‘lgani haqida aytmoqda. Bazaga 300 nafar piyoda askar va mutaxassislar xizmat ko‘rsatishi ta'kidlangan.
Bunlan oldinroq, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya bir hafta davomida Koreya yarim orolida raketalarga qarshi mudofaa vositalarini joylashtirish bo‘yicha muzokaralarga kirishishi haqida xabar berilgandi.