Adabiyotshunosning yangi komedik filmdan ko‘ngli to‘lmadi

Jamiyat 17:55 / 25.02.2016 3529

Adabiyotshunos Shuhrat Rizayev Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida namoyish etilayotgan Bekzod Joniyevning “Men yolg‘onchiman” nomli komediyasi haqida o‘z mulohazasini bildirdi. Bu fikrlar “Darakchi” nashrida chop etildi.

Tanqidchi bu filmni tomosha qilib, “rejissyor almoyi-jalmoyi lavhalar yig‘indisi bilan nima demoqchi, degan savol tug‘ilgani” haqida gapirdi.

“Voqealar bir-biriga bog‘lanmagan, syujyetda mantiqiy yaxlitlik yo‘q. Bu rejissyoring ustoz ko‘rmagan shogird ekanidan dalolat. Kinoning “alifbo”sidan to oliy “matematika”sigacha o‘qimaganligi, havas bilan rejissyorlikka qo‘l urgani sezilib turibdi”, deya rejissyorning film uchun ketkizgan vaqti va puliga achinishini bildirdi. Filmga tomoshabin tushishiga ishonmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Tanqidchi fikrlarini davom ettirar ekan, “Film ijodkorlarida katta auditoriyaga kinokartina taqdim qilish darajasidagi na salohiyat, na bilim bor”, deya achchiq mulohaza qildi.

Ko‘proq yangiliklar: