Audi kompaniyasining Shimoliy Amerika bo‘limi vakillari marka yangi modellari namoyishi jadvalini taqdim etdilar.
Ushbu “yo‘l xaritasi”ga binoan, 2017 yil Audi 11 ta yangi modellar ishlab chiqadi: Q5 krossoveri yangi avlodi va uning yangi kuchliroq versiyasi SQ5, R8 (Spyder)ning usti ochiq versiyasi, TT kupesining RS-modifikatsiyasi, xetchbek A5 yangi avlodi (jumladan, S5 versiyasi) va sedan kuzovida RS3.
Bundan tashqari, keyingi yilda Q7 yo‘l tanlamas mashinasining yangi variantlari — qudratli SQ7 va gibrid Q7 e-tron, deb xabar beradi Autobahn.
2018 yilda V6 motorli versiyada superkar Audi R8 ham ishlab chiqiladi. Shuningdek, Audi A6, A7 i A8 modellarining keyingi avlodini va butunlay yangi krossover Q8 ham shu il taqdim etilishi rejalashtirilgan. Xuddi shu yili yana ikkita,ulardan biri elektrli krossover, modellar omma e'tiboriga havola etilishi kutilmoqda.