Angren-Pop temir yo‘l liniyasida ilk poyezd 15 aprel kuni Toshkentdan vodiyga yo‘l oladi

Iqtisodiyot 19:03 / 25.02.2016 16759

Angren-Pop temiryo‘l tarmog‘i qurilishi o‘z nihoyasiga yetdi. Yo‘lning qurilish ishlari ikki yildan ortiqroq vaqt davomida olib borildi.

123,1 km uzunlikdagi Angren-Pop temiryo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 19,1 kilometrlik tunneli xitoylik mutaxassislar tomonidan qurilgan va jihozlangan. Bu yo‘l Farg‘ona vodiysi viloyatlarini O‘zbekistonning markaziy qismi bilan ishonchli tarzda bog‘lashga imkon yaratadi, deb yozmoqda Anhor.uz

Yo‘ldagi birinchi poyezd Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan,  15 aprel kuni yurishi mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: