Xosep Gvardiola: «Menga «Yuventus» javob o‘yinida yanada tajovuzkor bo‘ladigandek tuyilmoqda»

Sport 11:14 / 24.02.2016 2250

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChLning nimchorak finalida «Yuventus» bilan kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu turnirdagi ikkita kuchli jamoa o‘rtasidagi bahs bo‘ldi va shogirdlarim qayd etgan natijadan xursandman. Bilaman, bu mamlakatdagilar futbolda birinchi o‘rinda jismoniy ustunlikka e'tibor qaratishadi. Lekin shogirdlarim jismonan tengma-teng kurashishdi va to‘pni nazorat qilishdi. Albatta biz Italiyaga «Yuve»ning o‘z darvozamizga bironta zarba bermasligiga umid qilib kelmagandik.

Pogba, Manjukich, Morata, Bonuchchi va mening sevimli futbolchilarimdan biri, o‘z davrining eng mahoratli darvozaboni Buffon kabi futbolchilarga qarshi jiddiy kurash kechishi tayin edi. Shuning uchun 90 daqiqa davomida tinmadik. G‘alaba uchun o‘ynagandik, ammo futbolda barchasi istaganingdek bo‘lavermaydi.

Umuman olganda biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. «Yuve» o‘tgan mavsumda YeChL finaliga chiqqandi. Ular turnirda 4 marta g‘olib bo‘lishgan. Bu jamoa Italiyada bu mavsumda ketma-ket 13 o‘yinda g‘alaba qilishdi. O‘tgan yili ular YeChLda bizdan yaxshiroq natija ko‘rsatishdi. Bio‘ havaskor jamoaga qarshi o‘ynamadik. Bugungi natija kutganimizdek bo‘lmadi, lekin o‘yindan qoniqish hosil qildim.

Bu natija chorak finalga chiqishimiz uchun yetarli bo‘ladimi? Bilmadim, javob uchrashuvida «Yuve» bugungidan ham tajovuzkorroq o‘ynaydi deb o‘ylayapman. Lekin men xursandman. Balki bu kecha faoliyatimdagi eng ajoyib kechadir.

Javob o‘yinida boshqacha bo‘ladi. Raqib g‘alaba uchun boradi. Yoki 3ta gol urishga harakat qiladi. Biz ham gol urishga harakat qilamiz. Men ularning bosimi ostida qolamiz deb o‘ylamayapman. Agar ular qattiq hujumga o‘tishsagina himoyalanishimiz mumkin.

Umid qilamanki, Myunxendagi o‘yin yanada chiroyliroq o‘tadi», – deydi Gvardiola.

Jamoalarning javob uchrashuvi Myunxenda, 16 mart kuni o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: