Xitoyning Ninbo shahrida orqaga harakatlana boshlagan eskalator 5 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi (Video)

Jamiyat 01:14 / 24.02.2016 4566

Xitoyning Ninbo shahridagi metroning yuqoriga olib chiquvchi eskalatorining to‘satdan orqaga qarab harakatlana boshlagani tufayli 5 kishi jarohat oldi.

CCTV telekanali tomonidan chop etilgan videoyozuvda bir necha o‘nlab kishi eskalatordan metro platformasiga yiqilayotganini ko‘rish mumkin.

Yuqoriga ko‘tariluvchi eskalator birdaniga shiddat bilan orqaga harakatlana boshlagan va yuqoriga ko‘tarilayotgan odamlar pastga qarab qulagan hamda orqalaridan kelayotgan odamlarning ustiga ag‘darilgan.

Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: