Nanninlik oshpaz Abin shahar ko‘chalarida o‘ziga xos go‘sht bayramini o‘tkazdi. 20 metr uzunlikdagi 216 ta qo‘y tanasini bir o‘zi olovda pishirdi. Bir xil pishishi uchun u go‘shtlarni aylantirib turdi, buning uchun unga 2 soat vaqt kerak bo‘ldi.
Ginnes rekordlari Kitobining Buyuk Britaniyalik rasmiy vakili eng ko‘p sonli qo‘ylarni bir paytda pishirish bo‘yicha rekord o‘rnatilganiga guvohlik berdi. Abinning so‘zlariga ko‘ra, u Ginnes rekordlari Kitobiga kirib, o‘z orzusiga yetgan. U Nannin shahriga 1997 yili kelib, qachondir dunyo darajasidagi barbekyu ustasi bo‘lish orzusida o‘zining ilk ishini ochgan.
Abinning haqiqiy ismi - Tszyan Linshen. U Ginnes rekordlar Kitobiga 2007 yilning oktabrida ham ariza bergan, o‘shanda u 100 daqiqada 2008 ta tovuq qovurgan.