Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi 5 flagmani bilan bir qatorda, Mi 4S smartfonini taqdim etdi. Yangi smartfon 2014 yilda ishlab chiqarilgan qurilmaning yaxshilangan talqini hisoblanadi.
Smartfon yangi dizayn, 5 dyuymlik Full HD displey bilan jihozlandi. Bundan tashqari, endi uning «yuragi» 64-bitlik Qualcomm Snapdragon 808 protsessoriga ega. Shuningdek, u 3 GB operativ va 64 GB o‘rnatilgan xotiraga ham ega.
Asosiy kamera 13 megapikselli bo‘lib, frontal kamera – 5 megapiksel. Akkumulyator sig‘imi 3260 mAchni tashkil qiladi. Telefonning orqa qismida barmoqlarni tushiruvchi skaner mavjud. To‘rt xil rangi bor: oq, pushti, qora va tilla rang. Qurilma Xitoyda 1 martdan boshlab 260 dollar narxida sotuvga chiqadi.