WSJ: MRB va Pentagon Rossiya tomonidan Suriyada yarashuvga amal qilinishiga shubha bilan qaramoqda

Jahon 07:23 / 24.02.2016 3180

shubha bildirmoqda va Rossiya hukumatiga bosimni oshirish bo‘yicha rejani tayyorlashmoqchi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi yuqori lavozimli vakilga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda

Amaldorning aytishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon rahbarlari Jon Brennan va Eshton Karter hamda shtablar boshliqlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danford uchrashuvlarda Rossiya haqida keskin fikrlarni bildirishdi hamda Moskvaga murakkabliklar yaratish uchun yangi choralar kiritishni taklif qilishdi.

Ta'kidlanishicha, AQSh ma'muriyatida Rossiya harakatlariga salbiy munosabat AQSh prezidenti Barak Obamani Moskvaga nisbatan qat'iyroq harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladi.

O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga yaqin manbaning aytishicha, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Rossiya hukumatiga ishonish mumkin-mumkinmasligini tushunishga imkon beradi. Uning aytishicha, agar Moskva tomonidan kelishuv shartlari inkor etilsa, "B reja" talab qilinishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq AQSh hamkorlari bilan Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ish bermagan holatda amalga oshiriladigan muqobil variantni muhokama qilayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: