Turkiyalik mutaxassislar Anqarada 17 fevral kuni sodir etilgan, 28 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni sodir etgan hudkush-terrorchi shaxsi tasdiqlandi. U Turkiya fuqaroligiga ega Abdulboqi Somer bo‘lib chiqdi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar tarqatgan.
Musa Somer, terrorchining otasi OAVda tarqatilgan o‘g‘li suratini tanigan. Uning tanasidan olingan DNK tahlillari ham shuni tasdiqlagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Abdulboqi Somer terrorchilik tashkilotiga 2005 yili, 16 yoshligida a'zo bo‘lgan.
Portlashlar 17 fevral kuni sodir etildi. Anqarada harbiylar yotoqxonasi oldiga qo‘yilgan avtomobil portlatilgan. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
Avvaliga bu terakt uchun suriyalik qochqin Solih Najar aybdor sifatida qaralgandi. Keyinroq, uning nomi ostida Abdulboqi Somer chegarani kesib o‘tgani ma'lum bo‘ldi.
Kurd jangarilari Anqaradagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi