Bugun, 24 fevral kuni, amerikalik aktyor Billi Zeyn 50 yoshni qarshi oldi.
U o‘zining 30 yillik ijodi davomida 140dan ortiq kinokartinalarda suratga tushgan. Ular orasida “Tvin-piks”, “Maftun insonlar” kabi seriallar ham mavjud bo‘lib, u ko‘proq filmlarda ham ishtirok etgan.
Rollarni tanlash chog‘idagi doimo ikkilanishi Uv Boll bilan “Qonli Reyn” (“BloodRayne”) filmida hamkorlikda ishlashiga ham olib kelgan. Lekin uning tomoshabinlar xotirasida muhrlanib qolgan obrazlari sanoqli.
Billi Zeyn yosh paytida Robert Zemiksning “Kelajakka qaytib” filmida, Biffning gugurt laqabli do‘stini gavdalantirgan. To‘rt yildan so‘ng esa, vaqtlar aro sarguzashtlar haqidagi shov-shuvli filmining ikkinchi qismida ham suratga tushadi.
Ammo Billi Zeynni tanitgan roli Jyeyms Kemeronning “Titanik” filmidagi badavlat Kaledon Xokli obrazidir. Mazkur filmda u Keyt Uinslet qahramonining qallig‘i sifatida rol ijro etgan. Ammo latofatli Rouz Jyekni (Leonardo DiKaprio)ni sevib qoladi. “Titanik” aysbergga urilib, suvga g‘arq bo‘ladi, Jyek ham halok bo‘ladi, Kaledon esa bir amallab tirik qoladi. Lekin u o‘zining xudbinligi va halokat chog‘idagi qilmishi tufayli Rouzdan ayriladi. Film misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, Billi Zeyn bilan bir qatorda Leonardo DiKaprioning “Oskar” mukofotiga nomzodi qo‘yilmagandi.
«Kelajakka qaytib-2» (1989)
Billi Zeyn «Orlando» filmida (1992)
«Tvin-Piks» (1990–1991)
«Namunali erkak» (2001)
«Blue World Order» (2015)
«Kleopatra» (1999)
Billi Zeyn, 2016 yil