Yangi Zelandiyada tadbirkor Maykl Spekmen (Michael Spackman)ga tegishli umumiy maydoni yetti gektar bo‘lgan Avaroa (Awaroa) sohilini sotib olish uchun kraudfanding yordamida pul yig‘ildi.
Tahminan 40 ming nafar odamlar uch hafta davomida umumiy miqdorda 2,3 million Yangi Zelandiya dollari (1,5 million dollar) to‘plashdi. Mamlakat hukumat tuzilmalaridan ham ma'lum miqdorda pul o‘tkazilgan. Kelishuv amalga oshgach, sohil o‘z yonida joylashgan Abel-Tasman milliy istirohat bog‘ining tasarrufiga o‘tadi.
Sohil bo‘sh turmasligi, omma uchun ochiq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydigan aholi shu g‘oyani o‘ylab topdi.
Nomini oshkor qilishni istamagan tadbirkor va xayriyaparvar o‘zi va oilasi uchun alohida foydalanish imkoniyati evaziga yetishmagan summani to‘lashga tayyor ekanini bildirgan, lekin uning taklifi rad etilgan.
Kraudfánding (ommaviy moliyalash, ingl. srowd funding, srowd — «omma», funding — «moliyalashtirish») —Odamlar o‘z xohishlari bilan boshqa odamlar yoki tashkilotlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zlarining pullari yoki boshqa zahiralarini, odatda Internet orqali, birgalikda to‘plashlari. Yig‘ilgan pullar turli maqsadlarda – tabiat falokatlarida jabr ko‘rganlarga yordam berish, muxlislar, siyosiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash, startap kompaniyalar va kichik tadbirkorlikni moliyalash va boshqalarga sarflanishi mumkin.