Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartish bo‘yicha berilgan rad javobni tushuntirdi

Iqtisodiyot 20:33 / 24.02.2016 4565

Saudiya Arabistoni neft qazib oluvchi mamlakatlarning neft qazib olishni kamaytirish haqidagi takliflarini qabul qilmaganini tushuntirdi, deb yozadi Financial Times.

«Hozirda odatdagidan ko‘ra ishonch kam. Hamma mamlakatlar ham bergan va'dasini bajara olmayapti. Qazib olishni kamaytirish haqida va'da berishadi, ammo amalda bunday qilishmaydi», — deydi Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy. Shuningdek u mamlakat neft narxini muzlatib qo‘yish bo‘yicha kelishuvdan chiqishini ham aytdi. Uning fikricha, neft qazib olishni kamaytirish bilan AQSh va Kanadaning qimmat neftini qo‘llab-quvvatlangan bo‘ladi, xolos.

Avvalroq Qirollikning tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Saudiya Arabistoni hukumati neft qazib olishni qisqartirishga tayyor emasligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: