Rossiyada televizorlar savdosi 47 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 10:17 / 24.02.2016 2639

Iqtisodiy inqiroz Rossiyada televizorlar savdosining 47 foizga pasayishi va ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalarining ahvoli yomonlashuviga olib keldi.

"Audiovideo bozoriga Toshiba o‘z iste'mol texnikalarini olib kirishni to‘xtatgach, Sharp ham ulardan o‘rnak oldi. Panasonic kompaniyasining bozordagi ulushi ham deyarli yo‘qqa chiqdi", deb xabar beradi «Kommersant'».

Koreys kompaniyalari esa yetakchi o‘rinlarni almashib oldilar: LG 1,6 million dona televizor sotib, 29 foiz ulush bilan birinchi o‘ringa chiqdi, Samsung esa 28 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Savdoning umumiy hajmi 5,5 million televizor va 133 milliard rublni tashkil etdi.

Samsung kompaniyasi «audiovideo» yo‘nalishining Rossiyadagi boshqaruvchisi Dmitriy Kartashevning fikricha, 2016 yilda savdo darajasi shu ko‘rsatkichda qoladi, yoki yana 10-15 foizga pasayadi.

Ko‘proq yangiliklar: