Ramzan Qodirovning qizi Rossiyadagi tanlovda finalga chiqdi

Jamiyat 20:38 / 24.02.2016 17438

22 fevral kuni Xadijat Qodirova Chechenistonning shahar va tumanlaridagi qobilyatli bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Grozniy shahridagi “2016 yilning eng yaxshi o‘quvchisi” respublika tanlovining g‘olibi bo‘ldi. 

“Grozniy-inform” nashrining xabariga ko‘ra, yutuqli o‘rinlar uchun o‘n nafar finalchi kuch sinashgan. Natijada, hakamlar birinchi o‘rin bilan Xadijatni taqdirlashgan.

Tanlovning final bosqichi 28 martdan 1 aprelgacha Ulyanovsk shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ramzan Qodirovning o‘zi Xadijatni Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti “Ahmad-Xoji Qodirov nevarasi” deb ataydi, “Grozniy” telekanali 2015 yilda Xadijatni Ramzan Qodirovning qizi deb ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: