Qozog‘iston Investitsiya va taraqqiyot vazirligi sayti mamlakatda mart oyidan boshlab Misrga aviaparvozlar qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lumot berdi. Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi mahalliy sayyohlik kompaniyasi bilan birga Misrdagi Sharm-ash-Shayx aeroportidagi xavfsizlikni o‘rganib, o‘z xulosasini taqdim etgach, ana shunday qarorga kelingan.
Vazirlikning ma'lum qilishicha, mart oyidan Olmaota—Sharm ash-Shayx—Olmaota yo‘nalishidagi parvozlarni SCAT kompaniyasi amalga oshiradi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, 2015 yilning noyabr oyida Qozog‘iston hukumati Rossiyaning A321 samolyoti halokati sabab, Misrga parvozlarni cheklashni tavsiya etgandi. O‘shanda ham Misrdagi xavfsizlik darajasi o‘rganilib, keyin qaror qabul qilingan edi.