"Paxtakor" OChLning ilk turida "Al-Hilol" bilan durang o‘ynadi

Sport 18:39 / 24.02.2016 3379

Bugun, 24 fevral kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida OChL-2016 musobaqasining guruh bosqich, 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston vakilining uchinchi vakili ham birinchi turda durang natija qayd etdi.

Mehmonlar tarkibida Yosir al-Qahtoniy va Yusuf al-Salim urgan gollarga toshkentliklardan Igor Sergeyev va Davron Hoshimov javob qaytarishdi va o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

OChL, S guruhi, 1-tur

"Paxtakor" - "Al Hilol" - 2:2
Gollar: Igor Sergeyev (70), Davron Hoshimov (90) - Yosir Al Qahtoniy (60), Yusuf al Salim (84)

“PAXTAKOR”: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sherzodbek Karimov ( 9.Jaloliddin Masharipov 66), 11.Igor Sergeyev, 14.Jamshid Boltaboyev (10.Jamshid Iskanderov 62), 15.Javohir Sohibov, 21.Kamoliddin Tojiyev, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev (5.Akbar Ismatullayev 81), 29.Vladimir Kozak.

"AL HILOL": 1.Xolid Sharaxili, 2.Muhammad Al Burayk, 3.Karlos Eduardo, 5.Ahmad Sharaxili, 7.Salmon Al Faraj, 10.Muhammad Al Shlhub (8.Abdulloh Otayf 62), 12.Yosir Al Shahroni, 14.Saud Kariri, 20.Yosir Al Qahtoni (16.Yusuf Al Salim 77), 23.Kvak Tae Xvi, 29.Salim Al Davsari.
Ogohlantirish: Al Davsari 57, Sohibov 66, Kariri 83, Sharahili 90, Hoshimov 92.

Ko‘proq yangiliklar: