O‘zbekiston Rossiyaga yangi elchisini yubordi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.
"2016 yilning 24 fevral kuni ilgari Moliya vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Baxrom Ashrafxanov Toshkentdan Moskvaga jo‘nab ketdi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 30 noyabrida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Akmal Kamalov o‘z lavozimidan ozod qilingandi.
Dekabr oyida Akmal Kamalov «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga rahbar sifatida tayinlandi.