O‘zbekistonda davlat organlarining "ochiqlik indeksi" e'lon qilinadi

O‘zbekiston 12:33 / 24.02.2016 4710

O‘zbekistonda muntazam ravishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining "ochiqlik indeksini" e'lon qilib borish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherboyev ma'lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OAVning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashdagi roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

"Milliy qonunchilikka ko‘ra joriy yilda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining "ochiqlik indeksi" e'lon qilinadi. Bunda reytingning mezonlaridan biri davlat organlarining OAV, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligiga baho berish bo‘ladi", deb aytdi Kusherboyev.

O‘zA ma'lumotlariga ko‘ra, seminar ishtirokchilari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini o‘tkazishning metodlari bilan tanishtirildilar.

Seminarda axborot xizmatlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashdagi roli, matbuot xizmatlari va jurnalistlarning aholining mamlakatda amalga oshirilayotgan siyoiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan xabardorligini oshirishdagi vazifalari haqidagi ma'ruza tinglandi.

Ko‘proq yangiliklar: