GOBankingRates xalqaro agentligining talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston yashash uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingida 69-o‘rinda qayd etildi.
Mutaxassislar 112ta mamlakatdagi ijara uylari, oziq-ovqat va xizmatlar uchun ketadigan xarajatlari bo‘yicha aholining sotib olish imkoniyatlarini baholashgan.
Agentlik mutaxassislari yashash sharoitini baholash uchun Nyu-Yorkdagi hayot darajasiga mezon qilib olishdi.
Bu reytingda Janubiy Afrika respublikasi birinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatni Hindiston, Kosovo va Saudiya Arabistoni davom ettiradi. Qozog‘iston 5-o‘rinni, Rossiya 39-o‘rinni, Ukraina 24, Belarus esa 50 o‘rinni egalladi.
Yashash uchun eng qimmat mamlakatlar sifatida Bermud orollari, Bagam orollari, Gongkong, Shveytsariya va Gana nomlari keltirilgan.
Yashash uchun dunyodagi eng arzon mamlakatlar reytingi tuzildi