Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasi yo‘lladi

Jahon 19:57 / 24.02.2016 10155

Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xikmet Gadjiyevning ma'lumotiga ko‘ra, hukumat Rossiyaga Armanistonga qurol sotgani uchun norozilik notasini yo‘llagan. Bu haqda RIA "Novosti" xabar tarqatgan.

"Notada Ozarbayjon xalqaro hamjamiyatga Armaniston tomonidan qo‘lga kiritilgan har qanday qurol-yarog‘ aslahalari ikki davlat o‘rtasida bahsga sabab bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ hududiga joylashtirilishi haqida, inkor qilib bo‘lmaydigan ma'lumotlarni bir necha bor taqdim qilganligi ta'kidlangan", deydi Gadjiyev.

Uning aytishicha, Armanistonga zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berish, hududdagi holatning tartibga solinishiga emas, aksincha keskinlashishiga olib keladi.

Oldin berilgan xabarlarda, Rossiya Armaniston aviatsiya bazasini MiG-29 to‘rtinchi avlod qiruvchilari bilan ta'minlagani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: